Markaziy Osiyo mamlakatlari to‘g‘risida maxsus hujjatli film suratga olinadi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 26-09-2024, 14:45

Kinematografiya agentligi rahbariyati va Avstriyaning “dreiD.at filmproduction GmbH” kompaniyasi loyihalar rahbari B. Baumann bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Kinokompaniya Markaziy Osiyo mamlakatlari to‘g‘risida maxsus hujjatli film suratga olishni rejalashtirmoqda. Iqlim o‘zgarishi ta’sirida suv masalasi mintaqa davlatlari uchun ham tobora muhim ahamiyat kasb etayotganini inobatga olib, loyihani «Pomir – Osiyo yuragi» deb nomlashga qaror qilingan. Hujjatli film ikki qismdan iborat bo‘ladi. Uning 52 daqiqa davom etadigan O‘zbekistonga tegishli qismiga «Hayot uchun suv» deb nom berish mo‘ljallangan. Ushbu qismda, shuningdek, O‘zbekistonning betakror madaniy merosi, ko‘hna me’moriy obidalari va xalq amaliy san’atiga ham e’tibor qaratiladi va qiziqarli ma’lumotlar beriladi.

Uchrashuvda O‘zbekistonda o‘tadigan tasvirga olish ishlari masalasi muhokama qilindi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati