Maktabda bolani kaltaklagan ayol boshqa bir qancha huquqbuzarliklar sabab 7 sutkaga qamaldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 0
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 26-09-2024, 12:41
Chilonzor tumanidagi 188-sonli umumta’lim maktabda bolani kaltaklagan ayol boshqa bir qancha huquqbuzarliklar sodir etib javobgarlikka tortildi.

???? Joriy yilning 24-sentyabr kuni 1980 yilda tug‘ilgan R.O. qizi J.R. (2010 yilda tug‘ilgan) tahsil oladigan Yashnobod tumanidagi 204-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga borib, maktab rahbariyati bilan tortishib, maktab direktorining MMIB o‘rinbosari G‘.M. (ayol) ga nisbatan jismoniy kuch ishlatgan. Ayoldan jamoat joyida tartibiga rioya qilishi so‘ralganida, maktab hududida Milliy gvardiya va IIO xodimlariga nisbatan g‘ayriijtimoiy munosabatda bo‘lib, ularining qonuniy talablarini bajarmasdan keskin qarshilik ko‘rsatgan. Ushbu noqonuniy harakatlarini R.O. ko‘plab maktab o‘quvchilari ko‘z o‘ngida sodir etgan.

???? 25-sentyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudida mazkur ish ko‘rib chiqildi.

???? R.O. sud tomonidan MJtKning 183-moddasi (Mayda bezorilik), 194-moddasining 1-qismi (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) va 197 (5) moddasi (Ta’lim tashkiloti pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish yoki o‘z xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish) bilan aybdor deb topilib, unga 7 sutka ma’muriy qamoq jazosi, BHM ning 3 baravari (1 020 000 so‘m) va BHMning 7 baravari (2 380 000) so‘m jarima jazosi tayinlandi.

???? Shu bilan birga, R.O. ning Chilonzor tumanidagi 188-sonli umumta’lim maktabda 6-sinf o‘quvchisiga nisbatan sodir etgan harakati yuzasidan hozirda tergovga qadar tekshiriv harakatlari olib borilayotganligini eslatamiz.

‼️Pedagog va tarbiyachilar tegishli vazifa yoki lavozimga tayinlanishidan avval maxsus psixologik ko‘rikdan o‘tkazilishi kerak. Nomunosib xulqli, bola sog‘lig‘i uchun xavfli shaxslar ta’lim-tarbiya muassasalarida faoliyat yuritishiga yo‘l qo‘yish mumkin emas.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati