Klopp: Xalqaro tanaffusdan keyin biz kuchga to‘lamiz

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 20
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 29-03-2024, 21:02
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp o‘z futbolchilarini OAV yozgan narsaga e’tibor bermaslikka chaqirdi.

"Biz qo‘limizdan kelganini qilishimiz va har bir o‘yindan keyin OAVning biz haqimizda bildirgan xabarlariga e’tibor bermasligimiz kerak.

Har bir o‘yindan so‘ng jurnalistlar bizga: "Siz g‘alaba qozondingiz", "yutdingiz", "chempion bo‘lasiz", "endi imkoniyatlaringizni yo‘qotdingiz" deb aytadi.

Siz buni e’tiborsiz qoldirishingiz va oldinga siljishingiz kerak. Biz har bir o‘yinda, uyda ham, mehmonda ham bor kuchimizni berishimiz kerak.

Bu qiyin va ba’zida jarohatlar sodir bo‘ladi. Yigitlar qaytishadi degan umiddaman. Aytishim kerakki, xalqaro tanaffusdan keyin biz kuchga to‘lamiz. Yaxshiyamki, tiklanish uchun vaqtimiz bor", dedi Klopp matbuot anjumanida.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati