Toshkentda 2-sinfda o‘qiydigan qizini 8,7 ming dollarga sotgan ayolga hukm o‘qildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 0
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 26-09-2024, 11:40
Toshkent shahrida 2-sinfda o‘qiydigan qizini 8,7 ming dollarga sotgan ayol va uning sherigiga sud hukm o‘qildi.

Keltirilishicha, Toshkentdan kelgan ayol besh nafar farzandning onasini qistovga olgan. So‘ng bir oila buzilib ketmasligi vaji bilan qizini olib ona poytaxtga “mijoz”larining sharoitini ko‘rish uchun borgan. Vositachilikni esa uning qo‘shnisi qilgan. Kelishuv bo‘yicha mijoz tarafdagi ayol 10 million so‘m, qo‘shni esa 6,5 million so‘m olishi kerak bo‘lgan. Qizaloq uchun beriladigan umumiy pul miqdori 8 ming 700 dollar bo‘lgan.

Tezkor tadbir natijasida jinoyatchilar ashyoviy dalillar bilan voqea joyida ushlangan.

O‘rtada vositachi bo‘lgan ayol esa buni savob uchun qilganini aytgan.

Sud hukmi bilan ona va qo‘shni ayol 8 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazo Jinoyat kodeksining 72-moddasiga asosan shartli hisoblanib, uch yil sinov muddati belgilandi. Agar ayollar belgilangan muddatda yana jinoyatga qo‘l ursa, eng kamida 8 yilga qamaladi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati