Xorazmda ehson qutisidagi pullarni o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan erkak qo‘lga tushdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 26-09-2024, 11:30
Xorazm viloyati Gurlan tumanida ehson qutisidagi pullarni o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan erkak qo‘lga tushdi. Bu haqda Milliy gvardiya axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 25 sentyabr kuni soat 06:15 larda Shovot tumani “Beshmergan” mahallasida joylashgan “Yusuf Hamadoniy” ziyoratgohida xizmat olib borayotgan qo‘riqlash xodimi noma’lum shaxs tomonidan ziyoratgohga tegishli ehson qutisini ochishga urinayotganini ko‘rib, joyida qo‘lga olgan va navbatchilik qismiga xabar bergan.

Voqea joyiga yetib kelgan Shovot tumani qo‘riqlash bo‘limi tezkor harakatlanuvchi guruh xodimlari tomonidan holat o‘rganilganda, ehson qutisidagi pullarni o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan ushbu shaxs Gurlan tumanida yashovchi 33 yoshli M.M. ekani ma’lum bo‘lgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tuman IIB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati