• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Xorazmdagi maktabda MIB xodimlari bolani majburlab mashinaga solib, olib ketgan videoga izoh berildi

Xorazmdagi maktabda MIB xodimlari bolani majburlab mashinaga solib, olib ketgan videoga izoh berildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 0
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 26-09-2024, 11:21
Ijtimoiy tarmoqlarda byuro xodimlari voyaga yetmagan bolalarni mashinada majburlab olib ketgani haqida video tarqaldi. Bu haqda MIB axborot xizmatiga tayanib “Daryo” xabar berdi.

Unga ko‘ra, byuroning Shovot tumani bo‘limi ish yurituvidagi fuqarolik ishlari bo‘yicha Shovot tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan qarzdorlar B.Abdullayev hamda S.Egamovalardan undiruvchi G.Ibraximovaning tarbiyasiga ikki nafar farzandini olib berish belgilangan.

9 sentyabr kuni qarzdor S.Egamovaga ijro hujjati mazmuni o‘qib eshittirilganda qarzdor ijro hujjati ijrosini o‘z ixtiyori bilan ta’minlashdan bosh tortgan.

Shundan so‘ng undiruvchi G.Ibraximova, qarzdor S.Egamova, tuman IIB xodimi, xolislar ishtirokida Shovot tumanidagi 34-sonli maktabga borilib, mazkur maktab direktoriga sud ijro hujjati o‘qib eshittirilgan. Undiruvchining ikki nafar farzandi majburiy tartibda uning tarbiyasiga sog‘-salomat olib berilishi ta’minlangan va bu haqda tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilgan.

Hozirda farzandlar onasi bilan birga va maktabda ta’lim olishni davom ettirmoqda.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati