O‘zbekiston va Burundi o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 0
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 26-09-2024, 10:25
O‘zbekiston va Burundi tashqi ishlar vazirlari diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida qo‘shma kommyunikeni imzoladi.

O‘zbekiston Afrika qit’asida joylashgan Burundi davlati bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi. Bu haqda tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov o‘zining Telegram kanalida xabar berdi.

Vazir Burundi tashqi ishlar, taraqqiyot va hamkorlik vaziri Albert Shingiro bilan birgalikda BMT bosh qarorgohida tegishli qo‘shma kommyunikeni imzolagan.

«Ushbu hujjat mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik salohiyatini yuzaga chiqarishda poydevor bo‘lib xizmat qiladi», — deya ta’kidlagan TIV rahbari.

Shu tariqa Burundi O‘zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan 152-davlat bo‘ldi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati