Termiz yana bir xalqaro anjumanga mezbonlik qiladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 0
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 26-09-2024, 10:13
Joriy yilning 17-18 oktyabr kunlari Termiz shahrida “Imom Termiziy ilmiy merosining islom sivilizasiyasida tutgan o‘rni” mavzuiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tadi.

Unda mamlakatimiz va Turkiya, Qatar, Pokiston, Hindiston, Qirg‘iziston kabi dunyoning ko‘plab davlatidan mashhur islomshunos olimlar, ulamolar, ilm-fan namoyondalari, ilmiy tadqiqotchilar ishtirok etishi kutilmoqda.

Prezidentimizning joriy yil 15 avgustda qabul qilingan “Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tashkil etilayotgan anjumanga viloyatda puxta tayyorgarlik ko‘rilayotir.

– Buyuk ajdodimiz Imom Termiziyning bebaho merosi – abadiyatga daxldor ma’naviy xazina, – deydi Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Muzaffarxon Joniyev. – Ul zoti rohimahulloh tavalludlarining 1 ming 200 yilligini keng nishonlashga qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda. Viloyatimizda ham nufuzli xalqaro ilmiy-amaliy anjumanni yuqori saviyada o‘tkazishga tayyorgarlik ishlari uyushqoqlik bilan olib borilayotir. Shuningdek, Imom Termiziy ziyoratgohiga olib boruvchi yo‘l infratuzilmalarini yaxshilashga, yodgorlik majmuasi va unga tutash hududlarni obodonlashtirishga alohida e’tibor berilmoqda.

Mazkur tadbirlar doirasida ulug‘ olim mangu qo‘nim topgan majmuada Imom Termiziy va termiziy allomalarning hayoti, ilmiy, ijodiy faoliyatiga bag‘ishlangan asarlarning nodir qo‘lyozma hamda nashr nusxalari hamda kitoblarining ko‘rgazmasini tashkil etish ham rejalashtirilgan.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati