Inson sog‘ligi uchun beshta asosiy xavf

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 26-09-2024, 10:12
Mamlakatimiz aholisi orasida ortiqcha vazn va semirishning tarqalganlik darajasi bugungi kunda 56,4 foizni tashkil etadi. Bu esa aholining nosog‘lom ovqatlanish, transyog‘larning organizmga salbiy ta’siri, shakar va tuzni ortiqcha iste’mol qilish, shuningdek yetarlicha bo‘lmagan jismoniy faollik to‘g‘risida past darajadagi xabardorligidan dalolat beradi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi va Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi ko‘magida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun “Sog‘lom ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi tamoyillari” mavzusida seminar tashkil etildi. Tadbir davomida ishtirokchilar sog‘lom turmush tarzining asosiy tamoyillari bilan yaqindan tanishdi.

Muloqot davomida tamaki va alkogolni iste’mol qilish, ayniqsa yoshlar orasida elektron sigaretalar va qizdiriladigan tamaki mahsulotlari chekishning keng tarqalayotgani hamda ularga qarshi kurashish bo‘yicha davlat tomonidan ko‘rilayotgan qonunchilik choralari muhokama qilindi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan tavsiya etilgan sog‘lom ovqatlanishning asosiy tamoyillari haqida ma’lumotlar taqdim etildi.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonda har yili barcha o‘lim holatlarining 78 foizi yuqumli bo‘lmagan kasalliklar tufayli yuz bermoqda. Ayniqsa, 30-69 yoshdagi erta o‘lim sabablari strukturasida birinchi o‘rinni qon aylanish tizimi kasalliklari, shu jumladan yurak ishemik kasalligi, arterial gipertoniya va uning asoratlari (miokard infarkti, insult va b.) egallaydi. Yuqumli bo‘lmagan kasalliklarga olib kelish sabablaridan biri noto‘g‘ri ovqatlanishdir.

Xalqaro olimlar tomonidan odatiy taomnomadan sog‘lom turmush tarziga o‘tish o‘rta yoshli odamning umrini 10 yilga uzaytirishi aniqlangan. Vitamin va minerallarga boy taomlarni o‘z vaqtida, me’yoridan ortiq bo‘lmagan darajada iste’mol qilish salomatlik uchun qilingan eng yaxshi yordam hisoblanadi.

Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, inson sog‘ligi uchun chekish, alkogol iste’mol qilish, yog‘ yoki qandni ko‘p yeyish bilan bog‘liq nosog‘lom ovqatlanish, kam jismoniy faollik va tana vazni indeksi bo‘yicha hisoblangan ortiqcha vazn kabi beshta asosiy xavf bor.
Shuningdek, JSST kattalar bir kunda 2,0 litrdan 2,5 litrgacha suv iste’mol qilishini tavsiya qiladi. Issiq iqlim sharoitlarida, jismoniy mashqlar bajarishda va turli kasalliklarda ko‘proq suv iste’mol qilish maqsadga muvofiq. Tarkibida qand-shakar bo‘lgan ichimliklarni suv bilan almashtirish lozim.
Seminar so‘ngida ishtirokchilar sog‘lom turmush tarziga oid savollariga javob oldi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati