Yamalning ahvoli haqida ma’lumot berildi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 26-09-2024, 09:16
"Barselona" futbolchisi Lamin Yamal "Xetafe" bilan o‘yinni (1:0) yakunlaganidan keyin o‘zini noqulay his qildi. 17 yoshli vinger La Liganing 7-turidan o‘rin olgan uchrashuvda final hushtagi chalinguncha maydonda edi, biroq o‘yin tugagach, oqsoqlanib maydonni tark etdi.

Jurnalist Adria Albetsning klubdagi manbalariga tayanib xabar berishicha, Yamalning ahvoli tashvish tug‘dirmaydi. U shunchaki biroz lat yegan bo‘lishi mumkin. "Barselona" futbolchi bilan hammasi yaxshi ekanligiga ishonmoqda.

Lamin Yamal ushbu mavsumda sakkizta o‘yinda to‘rtta gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi. 28 sentyabr kuni Xans-Diter Flik shogirdlari “Osasuna”ga qarshi bahs olib boradi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati