Los-Anjelesda noma’lum shaxs avtobus yo‘lovchilarini garovga oldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 26-09-2024, 09:15
Polisiya Los-Anjelesdagi (AQSh) avtobusni olib qochgan gumonlanuvchini hibsga oldi, hodisa tufayli bir kishi jarohat oldi, deb xabar berdi NBC telekanali.

Avvalroq olib qochilgan avtobus polisiya maxsus bo‘linmalari tomonidan o‘rab olingani va to‘sib qo‘yilgani xabar qilingandi.

“Haydovchi maxsus kuchlar yordami bilan avtobusdan qochib qutuldi va jabrlanmadi”, dedi Los-Anjeles polisiyasi vakili va gumondor shaxs hibsga olinganini qo‘shimcha qildi.

Polisiya, shuningdek, avtobusdagi bir kishi og‘ir ahvolda shifoxonaga olib ketilganini aytdi. Uning olgan jarohatlari haqida ma’lumot berilmadi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati