Sarriga ingliz klubi qiziqyapti

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 26-09-2024, 09:12
Murabbiy Maurisio Sarri Angliya Premyer-ligasida ish topishi mumkin. Mart oyida 65 yoshli mutaxassis 2021 yilning yozidan buyon faoliyat yuritib kelayotgan "Lasio"ni tark etdi.

Olti oydan beri italiyalik erkin agent bo‘lib qolmoqda. Goal nashrining xabar berishicha, "Everton" Sarrini taklif qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Klub rahbariyati jamoa mavsumni omadsiz boshlagan Shon Daychning uzoq muddatli istiqboliga ishonch bildirmayapti. Maurisio Sarri 2018-2019 yillar oralig‘ida "Chelsi"dagi faoliyatidan ingliz futboli bilan tanish.

“Everton” 5 turdan keyin bir ochko bilan APL turnir jadvalida 19-o‘rinda bormoqda.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati