Qirg‘izistonda bola savdosi bilan shug‘ullanuvchi guruh fosh etildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 26-09-2024, 09:10
Qirg‘iziston maxsus xizmatlari bolalarni xorijga jo‘natish va keyinchalik sotish bilan shug‘ullanib kelgan transmilliy jinoiy guruh faoliyati tugatilgani xususida bayonot bergan. Bu haqda “RIA Novosti”ga respublika Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qilgan.

– Voyaga yetmagan bolalarni keyinchalik sotish va noqonuniy asrab olish maqsadida Qirg‘iz Respublikasidan olib chiqishga ixtisoslashgan xorijiy va mahalliy fuqarolardan iborat barqaror transmilliy jinoiy tashkilot faoliyatiga chek qo‘yildi, – deyilgan hisobotda.

Ma’lumotga ko‘ra, 2022 yildan hozirgi kunga qadar guruh turli xil manipulyasiya, poraxo‘rlik va boshqa turdagi qonun buzilishi orqali ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam farzandlari ustidan to‘liq vasiylik huquqini qo‘lga kiritgan. Jami qancha bola olib ketilgani oshkor etilmagan.

– Maxsus tergov-tezkor tadbiri hamda tintuv natijasida jinoyatga aloqador shaxslar ushlanib, qo‘mita tergov hibsxonasiga joylashtirildi, – deya aniqlik kiritgan holatga mas’ul vakil.

Qayd etilishicha, hozir maxsus xizmat xodimlari jinoiy tashkilotning boshqa a’zolari, sheriklari va jinoiy faoliyatdan jabrlangan shaxslarni aniqlash bo‘yicha harakatni davom ettiryapti.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati