Djaka Kompani qo‘l ostidagi Bavariyani maqtadi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 26-09-2024, 09:09
"Bayer" yarim himoyachisi Granit Djaka hozirgi "Bavariya"ning saviyasi haqida gapirdi.

O‘tgan mavsumda leverkuzenliklar Bundesliga va Germaniya kubogini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, myunxenliklar so‘nggi 12 yil ichida birinchi marta sovrinlarsiz qolib ketishdi. 28 sentyabr kuni jamoalar yangi kampaniyadagi ilk o‘zaro o‘yinlarini o‘tkazishadi.

"Bu Chempionlar ligasi darajasidagi raqib - murabbiy bizga shunday dedi. Ochig‘i, biz "Bavariya"ning qanday salohiyatga ega ekanligini, Vensan Kompani qanday g‘oyalar keltirganini bilamiz. Ularning o‘yinlarini tahlil qilib chiqdik, ko‘rib turibsizki, “Bavariya” hozir juda ko‘p ish qilyapti.

Deyarli har bir zarba gol, juda kuchli hujum, jamoa kamroq gol o‘tkazib yubora boshladi. Bizni albatta top o‘yin kutmoqda, biz bunga tayyormiz. Myunxendagi "Bavariya" bilan uchrashuv har doim o‘zgacha narsa, biz buni intiqlik bilan kutamiz", - dedi Djaka.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati