Chelsi markaziy himoyachi uchun Real bilan raqobatlashadi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 26-09-2024, 08:24
Londonning "Chelsi" klubi "RB Leypsig" markaziy himoyachisi Kastello Lukebaga ko‘z tikdi.

O‘tgan hafta xabar qilinganidek, 21 yoshli futbolchiga "Real" ham qiziqish bildirmoqda. TEAMtalk xabariga ko‘ra, "Chelsi" umidli fransuz uchun "qirollik klubi" bilan raqobatlashishga tayyor. "RB Leypsig" rahbariyati futbolchining narxini 70 million yevrodan ko‘proqqa baholamoqda.

Kastello Lukeba o‘tgan yozda "Lion"dan kelganidan beri "buqalar" safida 46ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urgan. Futbolchining nemis klubi bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning o‘rtalariga qadar tuzilgan.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati