O‘zbekiston — Gongkong futbol uchrashuvidan so‘ng uch kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 29-03-2024, 20:18
26 mart kuni O‘zbekiston terma jamoasi “Bunyodkor” stadionida Gongkong terma jamoasini yirik hisobda mag‘lub etdi. Uchrashuvga 28 mingga yaqin muxlis tashrif buyurdi. O‘yin so‘nggida bir guruh futbol muxlislari maydonga yugurib chiqishdi. Toshkent shahar ichki ishlar matbuot xizmati xodimlarining xabar berishicha, ushbu shaxslar o‘sha kuniyoq Chilonzor tumani ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga olib kelingan. Tartibbuzarlarning 6 nafari voyaga yetmagan shaxslar bo‘lgani sabab, ularning ota-onasiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarimaga tortilgan.Qolgan uch nafar shaxs yuzasidan ham ma’muriy bayonnoma tuzilib, qonuniy qaror qabul qilish uchun jinoyat ishlar bo‘yicha tuman sudiga yuborilgan. Sud qaroriga ko‘ra qoidabuzarlarning ikki nafari Nurlan Amangaliyev va Kamoliddin Rahimov 5 sutka, Murodjon Mavlonov esa 7 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan. O‘zbekiston futbol assosiasiyasi bosh kotibi Davron Fayziyevning fikriga ko‘ra, ushbu hodisa sabab assosiasiya OFK tomonidan jarimaga tortilgan.












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati