Qozog‘istonda tez tibbiy yordam ish vaqtiga cheklov kiritiladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 26-09-2024, 07:40
Qozog‘istonda ayrim bemorlar uchun tez yordam mashinalari kechki va tungi vaqtda kelmasligi mumkin. Bu haqdagi buyruq Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan «Ochiq huquqiy hujjatlar» veb-saytida e’lon qilingan.

Buyruqqa ko‘ra, tez yordam mashinasi ish kunlari soat 8:00 dan 18:00 gacha, shanba kuni esa tushgacha 4 toifadagi shoshilinch chaqiruvlar, ya’ni bemorning hayoti va sog‘lig‘iga tahdid soladigan holatlar uchun yetib boradi.

Hujjatda ta’kidlanganidek, kechayu kunduz ishlaydigan guruhlarni saqlashdagi muammolar mablag‘larning yetishmasligi bilan bog‘liq.

Qayd qilinishicha, to‘rtinchi toifadagi qo‘ng‘iroqlarga mobil guruhlar xizmat ko‘rsatadi. Mobil guruhlarni poliklinikalar tashkil qiladi, ular soat 8:00 dan 20:00 gacha qo‘ng‘iroqlarga xizmat ko‘rsatadi.

Ta’kidlanishicha, Qozog‘istonning 2025-2027 yillarga mo‘ljallangan yangi byudjetida sog‘liqni saqlash sohasi uchun 7,1 trillion tenge ajratilgan. Shu bilan birga, sog‘liqni saqlash vaziri Aqmaral Alnazarova tibbiy sug‘urta tizimini isloh qilish va uning jozibadorligini oshirish doirasida kasalliklarning deyarli yarmi tibbiy yordamning kafolatlangan hajmidan chiqarilishini ma’lum qildi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati