Ten Xag: Biz o‘z xatomiz uchun jazolandik

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 26-09-2024, 06:48
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag Yevropa ligasi umumiy bosqichi 1-turida "Tvente" bilan durang (1:1) haqida fikr bildirdi.

"Biz “Tvente”ga o‘yinda qolishiga ruxsat berdik. Uchrashuvni nazorat qilib, 1:0 hisobida oldinda borayotgandik... Ikkinchi bo‘limda ham sovuqqonlik ko‘rsatib, xuddi shu ruhda davom etishimiz kerak edi.

Biz ishni tugata olmadik. Ikkinchi golni urishimiz kerak edi, lekin o‘z xatomiz uchun jazolandik. Peshqadamlikni qo‘lga kiritganingizdan so‘ng, borib ko‘proq gol urish kerak. Ha, bu bizning Yevropa ligasidagi ilk o‘yinimiz edi, biroq g‘alaba qozonish juda muhim edi", — deya Ten Xagning so‘zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti.

“Manchester Yunayted” Yevropa Ligasi doirasidagi navbatdagi o‘yinini 3 oktyabr kuni “Portu”ga qarshi o‘tkazadi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati