Toshkentdan olib qochilgan mashina Qamchiq dovonida ushlandi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 26-09-2024, 06:45
Toshkent shahridan olib qochilgan Equinox mashinasi Qamchiq dovonida YPX xodimlari tomonidan ushlangan. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, 2024 yil 25 sentyabr kuni fuqaro G‘.O. o‘z boshqaruvida bo‘lgan Equinox mashinasi qoldirilgan joyida yo‘qligi yuzasidan "102" tizimiga xabar bergan.

Kelib tushgan xabar bo‘yicha IIV JXD YHXX Navbatchilik qismi tomonidan "To‘sib ushlash" rejasi e’lon qilingan.

IIV JXD YHXX Qamchiq dovoni bo‘yicha YPX otryadi xodimlari tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida Equinoxni olib qochgan shaxs, 34 yoshli Z.M. Namangan YPX maskanida ushlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, transport vositasi hamda uni olib qochgan shaxs va uning yo‘lovchisi Toshkent shahar, Mirobod tumani IIO FMB xodimlariga topshirilgan.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati