Qirg‘izistonda amaldorlar endi ishga avtobusda boradi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 26-09-2024, 05:46
Qirg‘izistonda amaldorlarga ishga avtobusda borishga ko‘rsatma berildi.

Prezident ma’muriyati Bishkek meriyasining munisipal xizmatchilarning shaxsiy avtomobillardan foydalanishini cheklash bo‘yicha tashabbusini qo‘llab-quvvatladi, deb yozadi 24.kg nashri.

Ko‘rsatma vazirlik va idoralarga yuborilgan – xodimlarga seshanba va payshanba kunlari jamoat transportidan foydalanish tavsiya etiladi.

“Bu tashabbus shahardagi transport holatini yaxshilash, jamoat transportiga bo‘lgan talabni oshirish va yo‘llardagi tirbandlikni kamaytirishga qaratilgan" deyiladi rasmiy izohda.

Shahar hokimiyati ushbu qoidani 2024 yil may oyida o‘z xodimlari uchun joriy qilgan va allaqachon cheklovga rioya qilmagan xodimlarni jazolamoqda.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati