Sirdaryoda futbol maydonida odamlar ustiga Captiva haydagan haydovchi 4.5 yilga qamaldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 26-09-2024, 05:15
Voqea 29 may kuni Sayxunobod tumanida sodir bo‘lgan. Ushbu shaxs muqaddam ham sudlangan.

«Ikkinchi aylangan vaqtimda mashinamning burchagi bir bolaga tegib ketdi. Keyin shuncha voqea bo‘ldi, tavakkal dedim-da, stadion darvozasiga qarab haydadim. O‘sha orada mashinani toshbo‘ron qilishdi. Hammadan uzr so‘rayman. Tavba qildim. Oxirgi imkoniyat berishingizni so‘rayman», deydi haydovchi.

Sudda da’vogarlar undan shikoyati yo‘qligini bildirgan. Lekin mashinasi old qismi bilan ikki nafar shaxsni turtib yuborib, voqea joyidan qochib ketgani sababli uni oqlab bo‘lmasligi ta’kidlangan. Unga nisbatan 4 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati