Aleksandr Xomyakov: Avvalgi holatimizni tiklashga intilamiz

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 26-09-2024, 02:26
Superligada 20-tur start oldi. "Andijon" bu tur o‘z maydonida "Neftchi"ni qabul qildi va 0:0 hisobida durang o‘ynadi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O‘yin butun 90 daqiqa davomida bosim ostida ushlab turdi. Bizda ham, raqibda ham imkoniyatlar bo‘lmadi. Ikki jamoa ham ochko ishlab oldi. Shogirdlarimga ishtiyoq uchun, muxlislarga aktivligi uchun tashakkur bildiraman.

O‘yindan norozimisiz?

G‘alaba qozonish uchun o‘ynagan edik. Raqibni himoyadan harakat qilishini bilar edik. "Neftchi" "Nasaf"dan kam gol o‘tkazish bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turadi. Ikki jamoa ham bir-biriga o‘yin bermadi.

7 uchrashuvda 2 ochko. Ishingizdan qoniqyapsizmi?

Hozir qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilyapmiz. Hozircha rahbariyat va homiylar ishonayotgan ekan avvalgi holatimizni tiklashga harakat qilamiz.
Nega durang paytida ikkinchi hujumchini tushurmadingiz?
Biz zaxiradan o‘yinchi tushirib markazni kuchaytirishga intildik. Raqib ham markaz va qanotga yangi kuchlarni tashladi. Tavakkal qilishni istamadik. "Lokomotiv" bilan uydagi bellashuvda taktik xato qilgan edik. Bu safar xatoni takrorlamadik. Natijani ushlab qolishga intildik. Oldinda final.
Bu bahsni yigitlar qay darajada ishtiyoq bilan kutmoqda?
Menimcha har bir o‘yinga finaldek chiqyapmiz. Bunday ishqibozlar bilan boshqacha bo‘lmaydi ham. Hozir ko‘proq sovuqqonroq bo‘lishga intilamiz. Ruhan yonib ketmasligimiz kerak.Bugungi durangdan qoniqdingizmi?

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati