Vitaliy Levchenko: Andijonda xarakter bor

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 26-09-2024, 02:23
Superligada 20-tur start oldi. "Neftchi" klubi bu tur safarda "Andijon" bilan bahs olib bordi va 0:0 hisobida durang o‘ynadi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Menimcha, derbi ajoyib tarzda bo‘lib o‘tdi, ammo gol ko‘rmadik. Bugun maydon chiroyli futbol o‘ynashga imkon bermadi. Shu bois, kurashlar va uzun paslar ko‘payib ketdi. Natija adolatli.

Hisobdan qoniqdingizmi?

Albatta yo‘q. Barchamiz sportchimiz va g‘alaba qozonishni istaymiz. Hech kim durang uchun maydonga chiqmaydi.

Akbar To‘rayevning jarohati borasida yangilik bormi?

Shifokordan so‘rash kerak. O‘tgan bahsda og‘riq sababli uni zaxiraga olgan edik.
Azizbek Amonovning harakatlari haqida fikringiz qanday?
Birinchi taymda ular bizga yordam berayotgan edi, ammo ikkinchi bo‘limda biroz jismoniy toliqish sezildi. Futbolchi terma jamoaga borib, o‘yin amaliyotisiz qolmoqda. O‘yin tonusi yo‘qoladi. Buni o‘rniga qo‘yish uchun vaqt kerak.
Rejangizda o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazish rejasi bormi?
Albatta, muzokaralar o‘tkazilmoqda. 25 kunlik pauzani o‘rnini to‘ldirishimiz kerak.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati