Gvardiola: De Bryuyne juda muhim futbolchi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 29-03-2024, 20:04
Pep Gvardiola Kevin De Bryuynening mashg‘ulotlarga qaytishi haqida gapirdi.

"U juda muhim futbolchi. Joriy mavsum uning uchun jarohatlar tufayli qiyin kechdi, u uzoq vaqtdan beri safdan chiqdi.

Ammo u kecha juda yaxshi mashq qildi, shuning uchun yaqin kunlarda nima qilishimizni ko‘ramiz. U ko‘p yillar davomida barqaror o‘ynamoqda va bu eng muhimi.

Muhim o‘yinlarda, albatta, muhim o‘yinchilar kerak, ammo jamoa muvozanati uchun biz hammadan hissa qo‘shishini kutamiz.

Biz barcha mas’uliyatni Kevin zimmasiga yuklamasligimiz kerak, biz hamma narsani birgalikda, jamoa sifatida qilishimiz kerak", - dedi Pep Gvardiola.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati