Kamoliddin Tojiyev: O‘yinni to‘liq nazorat qildik

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 26-09-2024, 02:20
Superligada 20-tur start oldi. "Paxtakor" jamoasi bu tur o‘z maydonida "Olimpik"ni qabul qildi va 6:0 hisobida g‘alaba qozondi. Bellashuvdan so‘ng jamoa yordamchi murabbiyi Kamoliddin Tojiyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O‘yin nazorati to‘liq biz tomonda bo‘ldi. Ilk 15 daqiqalikda maydonga moslasha olmadik, ammo 20-daqiqadan keyin bahs nazoratimizga o‘tdi. Yigitlarga ko‘rsatmamizni to‘liq bajargani uchun rahmat.

Maksim Shaskixning sog‘lig‘i haqida ma’lumot bersangiz?

Hozir uning sog‘lig‘i haqida aniq ma’lumot bera olmayman. Barchasi shifokorlarning so‘nggi qaroridan so‘ng aniq bo‘ladi.

Keyingi bahsda, Eron safarida u ishtirok etadimi?

Nima bo‘lishini vaqt ko‘rsatadi. Hozir bu borada aniq ma’lumotimiz yo‘q.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati