Xavi: Realga bosim o‘tkazish kerak

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 19
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 29-03-2024, 20:00
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ispaniya Primerasining 30-turidan o‘rin olgan "Las-Palmas" bilan bo‘lib o‘tadigan o‘yini haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Ertaga bizni juda yaxshi futbol o‘ynaydigan va shaxsiyatga ega raqib kutib turibdi. Pimenta biznikiga o‘xshash uslubda ajoyib ishlaydi. Unda texnik jihatdan iqtidorli futbolchilar ham bor. Ulardan to‘pni olib qo‘yishimiz qiyin bo‘ladi.

"PSJ"ga qarshi o‘yinga ko‘p kunlar qoldi, shuning uchun bor e’tiborimizni ertangi o‘yinga qaratganmiz. Biz ishonmoqchimiz va La Liga uchun kurasha olishimizga ishonamiz. Ertaga uch ochko olishimiz juda muhim. Biz "Real"ga bosim o‘tkazishga harakat qilishimiz kerak", - deya Xavi so‘zlarini keltirmoqda Mundo Deportivo.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati