La Liganing eng intrigasimon qiyofasi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-09-2024, 23:58
Ispaniya La Ligasida chempionlik kurashida intriga talab darajasida emasmi? Ehtimol, har mavsum ham «oltin» uchun jang muxlislar kutgan holatda qizimas...

Lekin Primeroda raqobat yuqori nuqtaga yetgan yo‘nalish bor. Oddiy aytganda, klublarga hamroh texnik homiylar - formalar ta’minotchilari o‘rtasida mislsiz intriga shakllangan!

La Liganing yangi mavsumi yo‘lga tushganiga hali hech qancha bo‘lgani yo‘q, demak, chempionat toji uchun intriga haqida gapirishga hali erta. Ehtimol, joriy mavsum chempionlik uchun kurash tafti oldingidek yuqori darajaga ko‘tarilar... Hozircha e’tiborni futbol formalariga bog‘liq faktlarga burish maqsadga muvofiq. Diqat qiling, Ispaniya elit divizionidagi 20ta jamoa yangi mavsumga naq 10 brend mahsulotida kirishdi. Taqqoslash uchun, avvalgi mavsum La Ligada texnik homiylar soni 8ta edi. Demak, bu borada o‘sish bor.

La Liga kengliklariga bosh suqqan 2ta yangi kompaniya - Kappa va Kelme. Birinchisi «Valya­dolid» bilan hamkorlik qilayotgan bo‘lsa, ikkinchisi «Espanyol»ni «kiyintirmoqda». Umuman, mavsum-2024/2025da naq 4ta firma 3tadan jamoaga «ega». Xullas, yetakchilik Nike, Hummel, Puma va Joma ixtiyorida. Castore va Macron qanoti ostida esa 2tadan klub bor. Sport olamida gegemon sanalgan Adidas Ispaniyada birgina «Real» bilan cheklanayotganini ham alohida ta’kidlash kerak. Vaholanki, Germaniya brendi o‘tgan mavsum 4ta jamoa­ni ekipirovkalar bilan ta’minlagandi. Biroq «Granada» Segundaga tushib ketgan bo‘lsa, «Osasuna» va «Selta» Adidas bilan hamkorlikni to‘xtatdi.

Ispaniya La Ligasi klublari texnik homiylari

Nike (AQSH) - 3ta klub: «Atletiko», «Barselona», «Malyorka»
Hummel (Daniya) - 3ta klub: «Selta», «Betis», «Las-Palmas»
Puma (Germaniya) - 3ta klub: «Alaves», «Jirona», «Valensiya»
Joma (Ispaniya) - 3ta klub: «Xetafe», «Vilyarreal», «Leganes»
Castore (Angliya) - 2ta klub: «Atletik», «Sevilya»

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati