• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Kundalik hayotda eng zarur bo‘lgan huquqiy bilimlarni mustaqil o‘rgatish bo‘yicha mobil ilova yaratiladi

Kundalik hayotda eng zarur bo‘lgan huquqiy bilimlarni mustaqil o‘rgatish bo‘yicha mobil ilova yaratiladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-09-2024, 23:40
Joriy yilning 24 sentyabrida Adliya vazirligi mas’ullari ishtirokida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish borasida qilinayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar bo‘yicha matbuot anjumani tashkil qilindi.



Matbuot anjumanida ta’kidlanishicha o‘tgan davr mobaynida adliya organlari tomonidan jami 370 mingdan ortiq targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi. Shundan 40 mingdan ortiq televideniye, radio, gazeta va jurnallarda chiqishlar qilindi, 92 mingga yaqin ma’lumotlar veb-sahifalar va ijtimoiy tarmoqlar orqali, 223 mingdan ortiq seminar va manzilli targ‘ibot tadbirlari tashkil qilindi hamda 15 mingga yaqin ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot materiallari aholiga tarqatildi.

Huquqiy axborotlarni yetkazish raqamlashtirildi. Barcha qonunchilik hujjatlarini Yagona huquqiy axborot almashish tizimi orqali davlat organlari va tashkilotlarga, mahallalarga yetkazish yo‘lga qo‘yildi.



Yagona axborot tizimi orqali barcha davlat organlari va tashkilotlariga 288 ta normativ-huquqiy hujjat matnlari hamda 9 455 ta mahallalarga 124 ta qonunchilik hujjatlari va ular bo‘yicha huquqiy targ‘ibot materiallari to‘plami yetkazib berildi.
Mahallalarda 8 029 marotaba «Huquqiy targ‘ibot kuni» o‘tkazilib, 218 953 marotaba huquqiy targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi, 224 721 ta huquqiy targ‘ibot materiallari tarqatildi.

«Mamlakat kelajagi – qonunga itoatkor va huquqbuzarlikka toqatsiz yoshlar bilan» g‘oyasi asosida 13 549 marotaba yoshlar bilan huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati