Samarqanddagi YTHda Neksiya haydovchisi halok bo‘ldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 0
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-09-2024, 22:25
Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida haydovchi halok bo‘lgan.

Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa 2024 yil 24 sentyabr kuni soat 16:30 larda yuz bergan.

M-37 xalqaro avtomobil yo‘lining Oqdaryo tumani “Dahbed” MFY hududidan o‘tuvchi qismida haydovchi Neksiyani Buxoro-Samarqand yo‘nalishida boshqarib ketayotib, yo‘l chetida to‘xtab turgan KOEGEL tirkamasining orqa qismidan kelib urgan.

Oqibatda, Neksiya haydovchisi og‘ir tan jarohatlari olib, shifoxonada vafot etgan.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan Oqdaryo tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati