Zaporoje atom elektr stansiyada yadroviy hodisa yuz berish xavfi mavjud — Zelenskiy

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-09-2024, 22:17
Vladimir Zelenskiy BMT Bosh Assambleyasidagi nutqida Rossiya armiyasi tomonidan egallab olingan Zaporoje AESni "Evropa va ehtimol butun dunyoda radiasiyaviy xavfning asosiy manbai", deb atadi.

Ukraina rahbarining so‘zlariga ko‘ra, shuning uchun u taqdim etgan "tinchlik formulasida" birinchi va muhim punkt yadroviy xavfsizlik masalasi hisoblanadi.

Zelenskiy shuningdek, Rossiya armiyasi allaqachon Ukrainadagi barcha issiqlik elektr stansiyalari va mamlakat gidroenergetika quvvatlarining katta qismini yo‘q qilganini aytdi. Bundan tashqari, u Moskvani Ukraina atom elektr stansiyalariga hujumlar tayyorlashda aybladi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati