Ikardining yangi klubi nomi ma’lum bo‘ldi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 29-03-2024, 19:50
Hujumchi Mauro Ikardi kelasi yozda Yevropani tark etishi mumkin. Fotomac xabariga ko‘ra, 31 yoshli argentinalik futbolchiga “Al-Hilol” qiziqish bildirmoqda. Saudiya klubi Ikardiga katta taklif bilan chiqishga tayyor.

2022 yilning kuzidan beri Ikardi "Galatasaroy"da o‘ynamoqda. Argentinalik futbolchi ushbu klub safida 64 ta rasmiy o‘yinda 46 ta gol urgan va sheriklariga 19 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Nufuzli Transfermarkt portali mutaxassislari Mauroni 18 million yevroga baholamoqda. Aytish joizki, Saudiya klublari moliyaviy imkoniyatlari keng bo‘lgani uchun so‘nggi yillarda mashhur futbolchilarning transferlari ustida faol ishlamoqda.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati