Toshkentda Matiz bilan to‘qnashgan Nexia-3 yonib ketdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-09-2024, 21:25
Toshkent shahrida ikkita mashina ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transporti hodisasi oqibatida ularning birida yong‘in yuz bergan.

IIV YHXBB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa bugun, 2024 yil 25 sentyabr kuni soat 14:30 larda sodir bo‘lgan.



Yunusobod tumani Amir Temur ko‘chasida Matiz va Nexia-3 mashinalari o‘zaro to‘qnashgan. Oqibatda, Matiz mashinasi haydovchisi jarohatlangan va birinchi yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan.

Shuningdek, to‘qnashuvdan so‘ng Nexia-3 mashinasida yong‘in yuzaga kelgan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati