Superliga. «Paxtakor» «Olimpik»ni tennischa hisobda yutdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-09-2024, 19:41
O‘zbekiston Superligasining 20-turidan o‘rin olgan o‘yin 25 sentyabr, chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi.“Paxtakor” “Olimpik”ka qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning 29-daqiqasida Umar Adhamzoda hisobni ochdi. Oradan 2 daqiqa o‘tib, Dragan Cheran hisobni ishonchli ko‘rinishga olib keldi. 37-daqiqada Ulug‘bek Hoshimov esa “sherlar”ning uchinchi goliga mualliflik qildi. Ikkinchi bo‘lim boshida ham “Paxtakor” darvozani ishg‘ol qildi. Muhammadqodir Hamraliyev bu safar gol muallifiga aylandi. 68-daqiqada esa Akbar Abdurasulov avtogol muallifiga aylandi. O‘yin oxirrog‘ida esa Muhammadali Usmonov ham darvozani aniq nishonga oldi.Shu tariqa “Paxtakor” 6:0 hisobidagi g‘alabani rasmiylashtirdi. Paxtakorchilar o‘z ochkolarini 32 taga yetkazib, jadvalda 3-o‘ringa ko‘tarilib olishdi.Superliga, 20-tur25 sentyabr, chorshanba“Paxtakor” – “Olimpik” 6:0Gollar: Umar Adhamzoda, 29 (1:0), Dragan Cheran, 31 (2:0), Ulug‘bek Hoshimov, 37 (3:0), Muhammadqodir Hamraliyev, 46 (4:0), Akbar Abdurasulov, 68 avtogol (5:0), Muhammadali Usmonov, 83 (6:0).“Paxtakor”: 12.Vladimir Nazarov, 4.Abdulla Abdullayev (55.Muhammadrasul Abdumajidov, 67), 5.Muhammadqodir Hamraliyev, 7.Hojiakbar Alijonov, 8.Diyor Xolmatov, 10.Dragan Cheran (31.Muhammadali Usmonov, 79), 11.Po‘latxo‘ja Xoldorxonov (30.Otabek Jo‘raqo‘ziyev, 67), 17.Dostonbek Hamdamov (33.Doniyor Abdumannopov, 79), 22.Umar Adhamzoda, 23.Abdurauf Bo‘riyev (15.Diyorbek Ortiqboyev, 79), 99.Ulug‘bek Hoshimov. “Olimpik”: 1.SHukron Yo‘ldoshev, 5.Maqsud Aloxo‘jayev, 8.Nodir Abdixoliqov, 9.Akbar O‘ktamov (7.Timur To‘legenov, 65), 16.Rian Islamov (15.Muhsin Bozorov, 46), 17.Jaloliddin Sodiqov (77.Sunnatilla Abdullajonov, 46), 18.Akbar Abdirasulov (2.Mirkomil Abdurazzoqov,81), 21.Muhammadaziz Ibrohimov, 22.SHahzod Toirov, 29.Ulug‘bek Sharipov, 64.Samandar Qodirov (11.Anvar Alijonov, 46).












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati