Ukraina hali ham ozod — Bayden
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 2
- Формат: mp4
- Дата релиза: 25-09-2024, 18:48
AQSh prezidenti Jo Bayden Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Ukrainaga bostirib kirishi barbod bo‘lganini aytdi va Birlashgan Millatlar Tashkilotini Kiyev g‘alaba qozonmaguncha uni qo‘llab-quvvatlashda davom etishga chaqirdi.
«Putinning urushi asosiy maqsadiga erisha olmadi. U Ukrainani yo‘q qilishni maqsad qilgan edi, biroq Ukraina hali ham ozoddir», dedi Bayden BMT Bosh Assambleyasidagi so‘nggi nutqida.
Baydenning aytishicha, dunyo Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni yoki ketishni tanlashi kerak.
«Mening javobim shuki, biz Ukrainani qo‘llab-quvvatlashdan to‘xtamaymiz», dedi u.