Rossiya terma jamoasining sobiq futbolchisi 9,5 yilga ozodlikdan mahrum etildi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-09-2024, 16:35
“Lokomotiv”, “Krasnodar” va “Torpedo” klublarining sobiq himoyachisi Aleksey Bugayev 2023 yilning noyabrida giyohvand moddalar savdosiga urinishda ayblanib hibsga olingan edi. Ma’lum qilinishicha, u 495 gramm mefedron moddasi bilan ushlangan.

“Krasnodar shahridagi Prikubanskiy tumani sudida Aleksey Bugayev Rossiya Federasiyasi Jinoyat kodeksining 228.1-moddasi 5-qismi 3-bandida ko‘zda tutilgan jinoyatni sodir etgan deb topildi.

2023 yil oktyabr oyida Bugayev narkotik moddalar “zakladka”sining joylashuvi bo‘yicha SMS-xabar olganidan so‘ng, 494,8 grammlik narkotiklarni yashirin joydan olib chiqqan. Bugayev narkotiklarni sotish niyatida bo‘lgan, lekin huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan ushlanishi tufayli bu rejasini amalga oshira olmagan.

Sobiq futbolchi o‘z ko‘rsatmalarida narkotiklarni tarqatishni rejalashtirmaganini, balki polisiyaga bu ish bilan shug‘ullanganlarni ushlashda yordam bermoqchi bo‘lganini aytdi.

Biroq keyinroq Bugayev o‘z aybini to‘liq tan oldi va qilmishidan pushaymonligini bayon qildi.

Aleksey Bugayevga 9 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosini belgilandi. Futbolchi jazoni qat’iy rejimdagi koloniyada o‘taydi”, — deyiladi Krasnodar viloyati sudlarining birlashgan matbuot xizmatining xabarida.
Ma’lumot uchun, futbolchi 1981 yilda tug‘ilgan. Faoliyati davomida “Lokomotiv”, “Ximki”, “Krasnodar” klublarida o‘ynagan. Rossiya milliy jamoasida 7 bor maydonga tushgan.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati