Qurilish sohasida bugunga qadar 1,27 mlrd dollar investisiya o‘zlashtirildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-09-2024, 15:49
Oxirgi yillarda respublikamizning barcha burchaklarida eng zamonaviy, muhtasham binolar, dam olish va savdo maskanlari, turar joy komplekslari qad rostlamoqda. Axir, mamlakatimizni rivojlantirishning yangi Taraqqiyot strategiyasida belgilangan vazifalar qatorida uy-joy masalasini hal etish ham bor. Aholi uchun barcha qulaylik va ijtimoiy infratuzilmaga ega bo‘lgan “Yangi O‘zbekiston” massivlarining barpo etilishi, “Obod mahalla”, “Obod qishloq” dasturlarini izchil davom ettirilmoqda. Bunday keng ko‘lamdagi ishlarda esa qurilish materiallariga talab yanada ortadi.

Bugungi binolarni eskilari bilan taqqoslab bo‘lmaydi. Hozir qurilish ishlarida yangi turdagi, innovasion, energiya tejamkor qurilish materiallari ulushi ortib boryapti. Quvonarlisi, bunday mahsulotlarni o‘zimizda ishlab chiqarish ko‘lami ham kengaygan.

Joriy yilda 38 trln. so‘mlik qurilish materiallari ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Yanvar-avgustda 26,9 trln. so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi.

Ma’lumot uchun, hisobot davrida 11,5 mln. tonna sement, 27,5 mln. kv. metr qurilish oynasi, 30,9 mln.kv.metr keramik plitka, 63 mln.kv. metr gipsokarton, 632 ming dona sanitar texnik buyumlar, 2,4 mln. o‘ram gulqog‘oz ishlab chiqarildi

Joriy yilda 1,1 mlrd. dollarlik qurilish materiallari eksporti amalga oshirilishi belgilangan. O‘tgan 8 oyda 542,3 mln. dollarlik mahsulotlar eksport qilindi. Xususan, 161,9 mln. dollarlik metall mahsulotlari, 73 mln. dollarlik PVX profil va truba, plastmassa mahsulotlari, 40,5 mln. dollarlik keramika mahsulotlari, 23,2 mln. dollarlik issiqlik saqlovchi materiallar va boshqalar eksport qilindi

Mahalliylashtirish dasturi doirasida yanvar-avgustda 1,4 trln. so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi.
Investisiya masalasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, joriy yilda sohaga 2,2 mlrd. dollarlik investisiya jalb qilinadi.
E’tiborlisi, shu kunga qadar 1,27 mlrd. dollar investisiya o‘zlashtirildi
2024-2025 yillarda hududlarda 529 ta qiymati 4,5 mlrd. dollarlik loyihalar amalga oshiriladi, natijada 25 646 nafar yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Shundan, 2024 yilda qiymati 1,1 mlrd. dollar bo‘lgan 309 ta loyihani ishga tushirish rejalashtirilgan.
Jumladan, Navoiy viloyatida “National Ceramics” MCHJ XK, Qoraqalpog‘iston Respublikasida “Qoraqalpoq Basaltwool” MCHJ, Jizzax viloyatida “Stone Lider” MCHJ tomonidan ishlab chiqarish loyihalari amalga oshirilmoqda.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati