Real Varanning faoliyatini yakunlash qaroriga munosabat bildirdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-09-2024, 15:34
Rafael Varan "Komo" uchun bir o‘yin va tizzasidan olgan jarohatidan so‘ng faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi. "Real Madrid" fransiyalik futbolchining qaroriga javob qaytardi.

"Los Blankos" Varanga ko‘rsatgan o‘yinlari uchun minnatdorchilik bildirdi va uni klub afsonasi deb atadi. Shuningdek, "Real Madrid" saytida Rafaelning Madrid jamoasidagi yutuqlari va boshqalar sanab o‘tilgan.

"Varan "Real Madrid" muxlislari qalbida klub tarixidagi eng buyuk markaziy himoyachilardan biri sifatida abadiy qoladi va har doim qadriyatlarimizni o‘zida mujassamlashtiradi. "Real Madrid" unga va uning butun oilasiga hayotining yangi bosqichida omad tilaydi", - deyiladi klub bayonotida.

Rafael Varan 2011-2021-yillarda “Real” safida to‘p tepgan. Bu vaqt ichida u ko‘plab unvonlarni qo‘lga kiritdi, jumladan to‘rtta Chempionlar Ligasi kubogida zafar quchdi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati