• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Toshkent – Moskva – Toshkent yo‘nalishida yo‘lovchi poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Toshkent – Moskva – Toshkent yo‘nalishida yo‘lovchi poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-09-2024, 15:08
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, qariyb 4 yarim yillik tanaffusdan so‘ng "Toshkent – Moskva – Toshkent" yo‘nalishida poyezdlar harakatini amalga oshirish uchun “Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi” AJ da ishlab chiqarilgan zamonaviy, xalqaro talablarga to‘liq javob beradigan, kupe va plaskart vagonlar hamda vagon-restoran ajratildi.

505-sonli Toshkent – Moskva poyezdi Qozog‘iston Respublikasining 17 ta, Rossiya Federasiyasining 11 ta temir yo‘l vokzalidan o‘tib, joriy yil 27 sentyabr kuni soat 23:12 da Moskvadagi “Paveleskiy” temir yo‘l vokzaliga yetib boradi.



506-sonli Moskva – Toshkent poyezdi esa 28 sentyabr kuni soat 05:40da “Paveleskiy” vokzalidan harakatini boshlaydi. Ushbu xalqaro yo‘nalishdagi qatnovlar uchun chegirmalar tashkil etilgan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati