Manchester Yunayted yangi stadionida boks janglarini o‘tkazmoqchi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-09-2024, 14:10
"Manchester Yunayted" yangi stadionida boks musobaqalarini o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

Avvalroq mankunianliklar 2 mlrd funt sterlingga 100 000 tomoshabinga mo‘ljallangan yangi arena qurish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani malum bo‘lgandi.

Daily Mail xabariga ko‘ra, klub "Uembli" bilan katta boks bahslariga mezbonlik qilish uchun kurashmoqchi. O‘tgan haftada Entoni Joshuaning Daniel Dyubua bilan jangi uchun poytaxt arenasiga 96 ming kishi tashrif buyurdi.

"Manchester Yunayted" yangi stadion 110 ming tomoshabinni sig‘dira olishiga ishonch bildirmoqda va bu fakt shaharning Buyuk Britaniyaning boks poytaxtiga aylanishiga yordam beradi.

Qayd etilishicha, 1993 yilning oktyabr oyidan buyon "Old Trafford"da birorta ham jang o‘tkazilmagan.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati