Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahriga tashrif buyurdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-09-2024, 13:48
Prezident Shavkat Mirziyoyev Osiyo infratuzilmaviy investisiyalar banki (OIIB) Boshqaruvchilar kengashining yillik yig‘ilishida ishtirok etish uchun 25-sentyabr kuni Samarqand shahriga tashrif buyurdi.

Davlatimiz rahbari yig‘ilishning yalpi sessiyasida nutq so‘zlaydi hamda tadbir doirasida bir qator uchrashuvlar o‘tkazadi.

Samarqand shahrida o‘tkaziladigan ikki kunlik sammitda 100 dan ortiq mamlakatdan yuqori darajali delegasiyalar, Osiyo infratuzilmaviy investisiyalar banki, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki va boshqa xalqaro tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari, yetakchi xorijiy kompaniyalarning boshqaruvchilari va nufuzli ekspertlar, jami 2 mingga yaqin ishtirokchi qatnashishi kutilmoqda.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati