Nkunku: O‘tgan yili mavsumni yomon boshlagandik

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-09-2024, 13:44
"Chelsi" hujumchisi Kristofer Nkunku joriy mavsum boshlanishini avvalgi mavsum bilan solishtirdi. Eslatib o‘tamiz, "ko‘klar" Angliya premyer-ligasining dastlabki 5 turida 15 ochkodan 10 ochko jamg‘argandi. Jamoa turnir jadvalida beshinchi o‘rinni egallab turibdi.

"O‘tgan yili biz mavsumni yomon boshlagandik. Hozir biz shunchaki vaziyatdan zavq olishni va muxlislarimizni xursand qilish uchun xuddi shunday ruhda davom etishni istaymiz", - deya Nkunku so‘zlarini keltirmoqda "Chelsi" rasmiy sayti.

Nkunku kecha "Barrou"ga qarshi Liga kubogi bahsida xet-trik qayd etdi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati