Toshkentda ilk ish kunini boshlagan o‘qituvchi o‘quvchi qizni kaltakladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-09-2024, 13:35
Toshkentdagi maktablardan birida o‘qituvchi birinchi ish kunida o‘quvchining yuziga urdi. Ijtimoiy tarmoqlarda o‘qituvchi o‘quvchini qo‘pol qilib, yuziga urib, tomog‘idan ushlab olgani aks etgan video tarqaldi. Toshkent shahar maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi bosh boshqarmasi ushbu voqeaga izoh berdi.

Ma’lum qilinishicha, voqea 23 sentyabr kuni soat taxminan soat uchlarda poytaxtning Chilonzor tumanidagi 188-maktabda sodir bo‘lgan.

Rus tili darsi vaqtida o‘qituvchi va unga tanbeh bergan o‘quvchi o‘rtasida nizo kelib chiqqan, bu vaqtda ayol bolaga shafqatsiz jismoniy kuch ishlata boshlagan.

Bu o‘qituvchining birinchi ish kunida sodir bo‘ldi. Ayol sinov muddatida bo‘lgan va hali rasman ishga joylashmagan.

Bola jiddiy jarohat olmagan, deyiladi boshqarma xabarida.

Uning ota-onasi huquq-tartibot idoralariga murojaat qilgan.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati