Isroildagi O‘zbekiston fuqarolari o‘z hayotini ehtiyot qilishga chaqirildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 4
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-09-2024, 12:00
O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi yurtdoshlarimizga murojaat qildi.

"Hozirgi paytda mamlakatning shimoliy hududlarida murakkab vaziyat vujudga kelayotganligini e’tiborga olib o‘zingizning shaxsiy xavfsizlik choralarini ko‘rishingizni va raketa otishmalari paytida boshpanalarni tark etmaslikni tavsiya etamiz.

Isroil hukumati va O‘zbekiston elchixonasi rasmiy xabarlarini kuzatib boring. Isroil frontorti qo‘mondonligidan bildirishnomalar va ogohlantirishlar (Home Front Command) mobil ilovasi yoki veb-sayti havolasini telefoningizga o‘rnating.

Zaruriyatsiz ko‘chaga va boshqa ko‘ngilochar muassasalarga tashrif buyurmang.

Iltimos, o‘z hayotingizni ehtiyot qiling !!!

Elchixona konsullik bo‘limi ishonch telefonlari: 03-672-2466 03-672-2371 03-758-5075 03-758-5076
Favqulodda holatlarda va shoshilinch xabarlar uchun:
+972 54 485 1397"

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati