Samarqandda fuqarolarni Isroilga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-09-2024, 11:02
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan U.V. va F.F. 3 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularni Isroilga ishga yuborishi evaziga jami 52 700 AQSh dollarini firibgarlik bilan qo‘lga kiritgani aniqlanib, U.V. va F.F. tomonidan o‘z aybiga iqror bo‘lib, fuqarolardan olgan pullari hisobidan 7 000 AQSh dollarining qaytarilishi prosessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Xuddi shunday, Samarqand shahridagi «E.L.» nodavlat ta’lim muassasasi ish yurituvchisi U.H. fuqarolar Z.Z. va B.A. ni ushbu o‘quv markazida o‘qitib, keyinchalik Isroilga ishga yuborishi evaziga jami 6 700 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

❗️Eslatib o‘tamiz, fuqarolarni xorijga ishga jo‘natish O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq, lisenziyali faoliyat hisoblanadi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati