Toshkent – Dubay – Toshkent reysiga bepul bagaj miqdori oshirildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-09-2024, 10:33
20 sentyabrdan 31 oktyabrgacha Toshkent – Dubay – Toshkent yo‘nalishidagi parvozlarda odatdagidan 10 kg ko‘proq yuk olib o‘tish mumkin.

Bu haqda milliy aviakompaniya matbuot xizmati xabar qildi.

Yuqorida keltirilgan muddat mobaynida bepul bagaj miqdori quyidagicha bo‘ladi:

— ekonom-klass toifasidagi qaytariladigan tariflar uchun – 40 kg gacha;

— ekonom-klass toifasidagi qaytarilmaydigan tariflar uchun – 30 kg gacha;

— biznes-klass uchun – 50 kg gacha.
Bundan tashqari, yuqorida ko‘rsatilgan muddatda amalga oshiriladigan parvozlar uchun UzAirPlus sodiqlik dasturi a’zolari 20% ko‘proq ballarga ega bo‘ladilar.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati