“Avisenna” nomi ostida O‘zbekiston turizm brendi ishlab chiqiladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-09-2024, 10:16
“O‘zbekiston Respublikasida tibbiy va sog‘lomlashtirish turizmini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-335-son, 23.09.2024 y.) qabul qilindi

????Qarorga ko‘ra, quyidagilar belgilandi:

➖“Tibbiy xizmatlar mehmondo‘stligi” (“Medical service hospitality”) dasturi amalga oshiriladi;

➖davlat va xususiy tibbiyot muassasalari hamda sanatoriy va pansionatlar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini monitoring qilish tizimi joriy qilinadi;

➖konsalting – diagnostika – davolash – turoperator – transport – tibbiy tarjimon xizmatlarini birgalikda ko‘rsatadigan tibbiy turizm klasterlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;

➖“Avisenna” nomi ostida O‘zbekistonning tibbiy va sog‘lomlashtirish turizmi brendi ishlab chiqiladi;
➖toifali (yulduzli) mehmonxonalar tipidagi sanatoriylar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;
➖tog‘li, shifobaxsh balchiq qatlamlari bor hamda shifobaxsh suvlar qatoriga kiritilgan va sanitariya-sog‘lomlashtirish ahamiyatiga molik suv (termal suv) ob’ektlari mavjud bo‘lgan hududlarda sanatoriy-kurort zonalari tashkil qilinadi;
➖2025 yil 1 aprelgacha internet tarmog‘i orqali yashovchilarni hisobga olishning avtomatlashtirilgan maxsus elektron dasturi (E-mehmon)ga ulangan xususiy tibbiyot va sog‘lomlashtirish muassasalari dastlabki 6 oylik abonent to‘lovi to‘lashdan ozod qilinadi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati