Samarqandda 22 yoshli kelin o‘zini 7-qavatdan tashlab vafot etdi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 17
- Формат: mp4
- Дата релиза: 29-03-2024, 18:38
Xabarga ko‘ra, holat 20 mart kunning ikkinchi yarmida sodir bo‘lgan. 7-qavatdan asfalt ustiga tushgan ayol olgan tan jarohatlari sababli shifoxonaga olib ketilayotganda vafot etgan. Aytilishicha, ayol bu mahallada yashamagan.
22 yoshli kelin asli Nurobod tumanidan bo‘lib, vaqtinchalik qaynopasining uyida 8 oylik farzandi bilan yashayotgan bo‘lgan. Marhuma oliy ta’lim muassasasida 3-kursda tahsil olayotgan bo‘lgan. Kursdoshlari u to‘ydan keyin o‘zgarganini aytib, lekin juda tartibli qiz bo‘lganini qayd etgan. Holat Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan o‘rganilmoqda.