Obi Mikel: Kaysedo Kanteni eslatadi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-09-2024, 09:47
Jon Obi Mikelning ta’kidlashicha, Moyzes Kaysedo bir kun kelib "Chelsi" sardori bo‘ladi.

Londonliklar ekvadorlik yarim himoyachini 2023 yilning yozida "Brayton"dan rekord darajadagi 115 million funt sterlingga sotib olgandi.

Kaysedo APLning so‘nggi turida "Vest Xem"ga qarshi o‘yinda (3:0) Nikolas Jeksonga golli pas berdi.

"Shanba kuni u maydonning hamma joyida hozir bo‘ldi. U nafaqat raqibning hujumlarini yo‘q qildi, balki o‘yinni bog‘lashga harakat qildi.

U shunchaki fantastik futbolchi, men unga qaradim va u hamma joyda o‘ynardi. U qandaydir darajada Kanteni eslatadi.

O‘ylaymanki, bir kun kelib u jamoa sardori bo‘ladi", dedi "Chelsi"ning sobiq yarim himoyachisi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati