Sevilya bosh murabbiy bilan shartnomani uzaytirdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-09-2024, 08:58
"Sevilya" bosh murabbiy bilan shartnomani 2027 yilgacha uzaytirdi.

50 yoshli Xavyer Garsiya Pimyenta iyun oyida jamoani qabul qilib olgandi. U avval "Barselona" tizimida (2006 yildan 2021 yilgacha) va "Las-Palmas"da ishlagan.

Dastlab mutaxassis bilan 2 yillik shartnoma imzolangani xabar qilingandi. Endi shartnoma yana bir mavsumga uzaytirildi.

Joriy mavsumda “Sevilya” 7 o‘yindan keyin 8 ochko bilan La Liga turnir jadvalida 12-o‘rinda bormoqda.

Jamoa 7-tur uchrashuvida “Valyadolid”dan ustun keldi (2:1).




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati