Mareska: Nkunku va Jekson fantastik o‘ynamoqda

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-09-2024, 08:18
"Chelsi" bosh murabbiyi Enso Mareska o‘z jamoasi hujumchilarining o‘yiniga yuqori baho berdi.

Seshanba kuni londonliklar Liga kubogida "Barrou" ustidan yirik hisobda g‘alaba qozonishdi (5:0).

Uchrashuv qahramoni xet-trik qayd etgan Kristofer Nkunku bo‘ldi. Yaqinda Premyer-ligada "Vest Xem" darvozasiga ikkita gol urgan Nikolas Jekson tarkibdan chetda qoldi, Mark Giu esa zaxiradan maydonga tushdi, ammo gol ura olmadi.

"O‘tgan mavsum haqida gapirish qiyin, chunki men bu yerda bo‘lmaganman, ammo hozir Nkunku va Jekson fantastik o‘ynashmoqda.

Gap nafaqat ular urgan gollarda, balki to‘p bilan va to‘psiz qanday ishlashi ham muhim. Giuga kelsak, afsuski, u hali gol ura olmadi, lekin tez orada bu sodir bo‘ladi degan umiddaman", - deya Mareskaning so‘zlaridan iqtibos keltiradi jurnalist Bobbi Vinsent.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati